Page 72 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 72
Jamoatchilik nazorati bu, jamoat birlashmalari tomonidan davlat xokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyatining amaldagi qonunlarga mosligini aniqlash va
baholash bo’yicha yuritadigan faoliyat turidir.
2018 yil 12 aprelda “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Qonunini qabul qilindi. Qonun avvalo, davlat organlari va
muassasalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish hamda amalga
oshirish borasidagi munosabatlarni o’rnatish va tartibga solishga hizmat qilmoqdi.
Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari,
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yhatga olingan NNT(2020 yilda
mamlakatimizda ular 10 mingtaga yetgan)lar, OAVlaridir. SHuningdek, qonunda
jamoatchilik nazoratining asosiy quyidagi printsplari etib: qonuniylik, fuqarolarning
huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, jamoatchilik nazoratini
amalga oshirishda ishtirok etishning ixtiyoriyligi, jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishning ommaviyligi va ochiqligi, jamoatchilik nazorati sub’ektlarining
xolisligi va beg’arazligi, jamoatchilik nazorati natijalarining ishonchliligi,
jamoatchilik nazorati sub’ektlarining davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari
faoliyatiga asossiz aralashuviga va ularga g’ayriqonuniy ta’sir ko’rsatishiga yo’l
qo’yilmaslik kabilar belgilangan.
Jamoatchilik nazoratining hozirgi kunda mavjud bo’lgan bir qancha shaklarini
qo’rib chiqamiz, ulardan biri jamoatchilik muhokamasidir. Jamoatchilik
muhokamasi aslida millatimizning tub tarixiy jarayonlari bilan hamohang ravishda
rivojlangan, qadimdan o’zbeklar turmushida jamoaning o’rni muhim ahamiyatga
ega hisoblanadi. SHu bois jamoaning qarorlari so’zsiz ijro etilib kelingan. Hozirgi
kunga kelib zamonaviy tus olgan jamoatchilik muhokamasi bu jamiyatda ijtimoiy
ahamiyatga molik bo’lgan muhim masalalar, normativ-huquqiy hujjatlar, davlat
organlarining boshqa qarorlari loyihalarini ommaviy muhokama qilishdir iboratdir.
Jamoatchilik muhokamasini nodavlat va notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-
o’zi boshqarish organlari va ommaviy axborot vositalari o’tkazishi mumkin.
71

