Page 73 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 73
Jamoatchilik muhokamasi ommaviy tarzda, ochiq o’tkazilishi, jamoatchilik
muhokamasining ishtirokchilari jamoatchilik muhokamasiga kiritilgan masalalar
yuzasidan o’z fikrini erkin bildirishi va takliflar kiritishi mumkin. Va albatta, bu
jarayonda ommaviy axborot vositalarining roli juda katta. Jamoatchilik
muhokamasiga olib chiqilayotgan masalalarning dolzarbligini, keng aholiga bu
masalani yetkazadi va munosabatini shakllantiradi.
Ikkinchi shakl, bu jamoatchilik eshituvi, u davlat organlari, mansabdor
shaxslarining faoliyatiga ta’luqli va ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan yohud
fuqarolar, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat
manfaatlariga daxldor masalalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etiladi.
Jamoatchilik eshituvining tashkilotchisi jamoatchilik eshituviga kiritilayotgan
masalalar, eshituvni o’tkazish muddati va tartibi to’g’risidagi axborotni oldindan
e’lon qiladi. Bunda tashkilotchi o’z ixtiyoridagi, jamoatchilik eshituviga
kiritilayotgan masalalarga taalluqli bo’lgan materiallardan jamoatchilik eshituvining
barcha ishtirokchilari erkin foydalanishini ta’minlaydi.
Uchinchi shakl, bu jamoatchilik monitoringi bo’lib, u davlat organlari va
mansabdor shaxslarning faoliyatida jamoatchilik manfaatiga daxldor axborotni
yig’ish, umumlashtirish va tahlil etish orqali kuzatish kabilarni amalga oshiradi.
Jamoatchilik monitoringini nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o’zini-o’zi
boshqarish organlari va jamoatchilik nazoratining boshqa sub’ektlari qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda o’tkazishi mumkin.
To’rtinchi shakl, bu jamoatchilik ekspertizasidir. Uning vazifasi normativ-
huquqiy hujjatlar va davlat organlarining boshqa qarorlari loyixalari fuqarolarning,
yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, jamiyat manfaatlariga
muvofiqligini aniqlash uchun ularni o’rganish hamda baholashdan iborat bo’ladi.
Jamoatchilik nazorati fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi
bilan bog’liq tarzda rivojlanadi va istiqbolda fuqarolik jamiyatigi xos bo’lgan o’ziga
xos ochiq va shaffof tizim yaratiladi.
72

