Page 52 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 52
Issiqlik elektr stansiyalari bo‘yicha mutaxassislar atrof-muhitni muhofaza qilishga
doir ko‘riladigan chora-tadbirlarning muhimligi haqida umumiy tasavvurga ega
bo‘libgina qolmay, balki asbob - uskunalarning to‘g‘ri tanlay olishlari, tashqariga
chiqayotgan chiqindilarning miqdorini kamaytirishni hamda atrof-muhit holatini
nazorat qila bilishlari kerak.
Elektrostansiya mo‘rilaridan atmosferaga chiqadigan zaharli moddalar
akademik V.I.Vernadskiy «Biosfera» deb atagan tirik tabiatning butun
kompleksiga zararli ta’sir etadi. Biosferaga atmosferaning yer sirtidagi, tuproqning
yuqorigi va suv manbalarining yuqori qatlamlari kiradi. Atmosfera hovasi
ifloslanishining asosiy sabablaridan biri IESlardan chiqadigan chiqindilardan ular
sanoat turlari bo‘yicha atmosferani ifloslanishini 27 foizini tashkil qiladi.
IESlarning tutun gazlaridagi zaharli moddalar o‘simliklarga, hayvonot olamiga va
odamlarga, shuningdek qurilish konstruksiyalari, bino va inshoatlarga zararli ta’sir
etadi.
Atmosferada SO2ning bo‘lishi o‘simliklarga juda tez ta’sir etadi. Atmosfera
havosidagi SO2 miqdorining ignabargli daraxtlar holatiga ta’sirini tekshirish shuni
ko‘rsatadiki, havoda oltingugurt oksidining 0,023 dan 0,032 mg/m3gacha bo‘lgan
miqdori ignabargli daraxtlarda fotosintez va barglarning nafas olishi buzulib
qarag‘ay ikki uch yil ichida qurib qolar ekan. Bundan tashqari oltingugurt oksidi
atrofidagi boshqa o‘simliklarga va hayvonot olamiga ham salbiy ta’sir etadi.
Organik yoqilg‘ilar tarkibida bo‘ladigan va issiqlik elektr stansiyalari(IES)
joylashgan rayondagi atrof-muhitga katta ta’sir ko‘rsatadigan zaharli
komponentlarning asosiylaridan oltingugurtdir. Yoqilg‘i yonganda tarkibidagi
oltingugurtning deyarli hammasi tutun gazlardan SO2 va SO3 oksidlar holida
bo‘ladi.
Keyingi yillarda turli mamlakatlarda tutun gazlarni oltingugurtdan
tozalashning umuman olganda 50dan ortiq turli xil usullari tavsiya etilgan. Qo‘yida
hozirgi vaqtda sanoatda tatbiq etilgan va yana tatbiq etiladigan ayrim usullarning
asosiy tasniflari keltiriladi.
54

