Page 54 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 54

GESlar  qurilishi  natijasida  vujudga  kelgan  suv  omborlari  esa  yangi  erlarni

                  sug‘orishga  imkon  beradi.  Mamlakat  elektr  energiya  balansida  suv  resurslaridan

                  foydalanish  ham  sezilarli  darajada  o‘sdi.  Qattor  daryolar  hamda  kanallarda  suv

                  omborlarning to‘honlarida yangi GESlar qurildi. Ular orasida respublikamizda eng

                  yirik  –  Chorvoq  GESini  ko‘rsatish  mumkin.  Xozirgi  vaqtda  respublikamizda

                  mavjud  bo‘lgan  elektrostansiyalarda  o‘rnatilgan  umumiy  quvvat  11640  MVT  ni

                  tashkil etadi, shundan 85,3 %i issiqlik, 14,7 %i gidroelektr stansiyalariga to‘g‘ri

                  keladi. Respublikamizda elektr energiyasi ishlab chiqarish 2000 yildagi 56,6 mln.

                  kvt. dan 2002 yilga kelib 49,3 mlrd. kvt. soatga etdi.

                         Respublikamizning qator regionlarida elektr energiyasi ishlab chiqarishning

                  ko‘payishi va natijada energetika sanoatining rivojlanishi uning xalq xo‘jaligidagi

                  salohiyatini oshirib yubordi. Ayni paytda energetika tizimlarini birlashtirish xalq

                  xo‘jaligida elektr ta’minoti sifati va barqarorligini tubdan yaxshiladi, gidroresurslar

                  va yoqilg‘idan oqilona foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. Endilikda mamlakatda

                  9  ta  energetika  tizimi  mavjud  bo‘lib,  ular  O‘zbekistonni  MODning  barcha

                  davlatlari bilan bog‘laydi.

                         O‘zbekiston  energetika  sanoatining  istiqbollari  katta.  Yaqin  kelajakda  bu

                  yerda quvvati eng yuqori bo‘lgan Tolli-marjon GRESi, Qoraqalpog‘iston va Xiva


                  GRESlari  va  boshqa  bir  qancha  gidravlik  elektr  stansiyalari  quriladi.  Xozirgi
                  vaqtda  mamlakatimizda  yiliga  50  mlrd.  KVts.  elektr  energiyasi  ishlab


                  chiqarilmoqda.




















                                                                56
   49   50   51   52   53   54   55   56   57   58   59