Page 12 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 12
(masalan buyuk temuriyzoda Mirzo Ulug’bek davrida mamlakatda 40 yil
osoyishtalik, tinchlik hukmronlik qilgan), va ba’zan esa amaldorlar halqni va
davlatni parokanda qilganligi, o’z lovozimidan g’arazli maqsadlarda
foydalanganligini(masalan Mirzo Ulug’bekning o’g’li Abdulatif o’z otasining
o’limiga sababchi bo’ldi)haqidagi faktlarni keltirib o`tish mumkin. Afsuski,
nepotizm aksariyat tajribada oxir oqibat ayanchli yakun topadi.
Har bir jarayon yoki hodisaning asl boshlanish joyi yoki vaqti bo’lgani
kabi korruptsiyaning ham o’ziga xos tarixiy boshlanish davri va unga qarshi
harakatlarning ilk ko’rinishlari namoyon bo’lgan pallalari mavjud.
Masalan, shaxsiy manfaat ustunligi, poraxo’rlik kabi illatlar qadimdan
mavjud bo’lib, unga qarshi kurashishda davlat hukmdorlari ham qat’iy choralar
ko’rishga uringan. Masalan, korruptsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashgan
tarixdagi birinchi davlat bu qadimgi SHumer davlatidir. Uning hukmdori
Urunimgin miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida Lagash shahar -
davlatida korruptsiya bilan bog’liq jinoyatlarga qarshi kurashish maqsadida
mamlakatda qat’iy choralarni ishlab chiqadilar.
G’arb mamlakatlaridan farqli o’laroq SHarqda xususan, O’rta Osiyoda
joylashgan davlatlarda o’rta asrlarda qabul qilingan huquqiy me’yorlar asosan
islom madaniyati printsiplari asosida belgilangan. Masalan, Amir Temur
davlatida amaldorlar ishini tartibga solish maqsadida so’roq qilish, tekshirish,
taftish, tergov o’tkazib turilgan. O’z amalini suiiste’mol qilish, poraxo’rlik,
doimiy ravishda ichkilik ichish, maishiy buzuqlik kabi qilmishlar og’ir gunoh
hisoblangan va qattiq jazolangan. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Amir
Temurning o’g’li Mironshoh, nevaralari Pirmuhammad va Halil Sultonlar
yuqorida zikr etilgan me’yorlarni buzganligi uchun xalq oldida jazoga tortilgan.
O’rta asrlarda yurtimiz hududidagi feodal jamiyatlarda hozirgi talqindagi
korruptsiya uchun javobgarlik nazarda tutilmagan. Ammo tarixning keyingi
davrlarida korruptsiya qiyofasidagi harakatlarga nisbatan moyillik sezilib turadi.
11

