Page 15 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 15

mamlakatni  isloh  etish  jarayonida,  eski  totalitar  tuzumdan  voz  kechib,  yangi

                tuzumga  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishning  shart-sharoitlarini  tushuntirib  bergan  va

                uning  afzalliklarini  asoslagan,  bu  fikrlar  uning  bir  qator  asarlarida  keltirilgan.

                Dunyoning qariyb o`ttizdan ortiq tillariga tarjima qilinib, taniqli siyosatchi va davlat

                arboblari  e’tirofiga  sazovor  bo’lgan  “O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:

                xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”  asarining I bob

                beshinchi bo’limi “Korruptsiya va jinoyatchilik” deb nomlanib, unda keltirilishicha,

                “...har bir davlat tarixida yangi ijtimoiy sifat holatiga o’tish, afsuski, korruptsiya va

                jinoyatchilik  kabi  jirkanch  hodisa  bilan  birga  yuz  berganligi,  jinoyatchilikning

                o’sishi  nafaqat  islohotlar  yo’liga  to’siq  bo’lishi,  balki,  o’tish  davrida  belgilangan

                maqsadlarga  erishishga  ham  qarshi  bevosita  tahdid  tug’dirishi  mumkin”ligi

                ta’kidlangan.  SHuningdek,  asarda  Markaziy  Osiyoning  boshqa  davlatlari  singari

                O’zbekiston Respublikasi ham bundan holi emasligi, totalitarizmdan demokratiya va

                bozor  munosabatlariga  o’tish  davrida  siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy  tuzilmalarda
                ahloq-odob  me’yorlariga  salbiy  ta’sir  etishi  va  jinoyatchilik  hamda  korruptsiya


                amalda  kuchayishi  aytiladi.    Mazkur  asarda  muallif  mustaqil  davlatlardagi
                korruptsiya va jinoyatchilik xavfini quyidagi yo’nalishlarga bo’lishni taklif etgan:

                       birinchidan,  siyosiy  olamda  korruptsiya  amaldagi  islohotlarga  qarshilik

                ko’rsatish,  yangi  iqtisodiy  munosabatlarga  tahdid  solishi,  ma’muriy-buyruqbozlik

                tizimi  bilan  “xufyona”  iqtisodiyotning  manfaatlari  ob’ektiv  ravishda  birlashib

                ketishi  hamda,  korruptsiya  domiga  ilingan  amaldorlar  shaxsiy  boylik  orttirish

                maqsadlarida  urug’-aymoqlarining  manfaatlarini  davlat  manfaatlaridan  ustun

                qo’yishi, o’tish davrida korruptsiya o’z hatti-harakati bilan bu jarayonning yo’lini

                to’sib qo’yishga imkon berishi mumkinligi;

                       ikkinchidan,  jinoyatchilik  va  korruptsiyaning  avj  olishi  davlatning

                konstitutsiyaviy  asoslarini  yemirib,  fuqarolarning  huquq  va  erkinliklari  jiddiy

                tarzda  buzilishiga  olib  kelishi  va  jamiyatda  esa  barqarorlik,  sobitqadamlikning

                bo’lmasligi;
                                                             14
   10   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20