Page 16 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 16

uchinchidan,  jinoyatchilik  va  korruptsiya  jamiyatning  ma’naviy-ahloqiy

                asoslarini  yemirib,  amalga  oshirilayotgan  o’zgarishlarga  salbiy  munosabatlarni

                vujudga  kelishi  uchun  sharoit  yaratishi,  “qudratli  markaz”ning  kuchli  qo’lini

                                                                                        11
                qo’msash hissining  xalq ongida tug’ilishi  xavfi  borligi aytiladi  .              Bu
                kabi  fikrlarga kimlardir bee’tibor bo’lishi mumkin, hozirgi kunning bu masalaga

                yondoshuvi  anchayin  hushyor,  xususan,  mamlakatimizda  ham  kurash  ko’lami

                ortib  bormoqda  deb aytish lozim.

                           SH.  M  Mirziyoevning  O’zbekiston  Respublikasida  korruptsiyaga  qarshi

                kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlarini takomillashtirish masalalariga

                bag’ishlangan  yig’ilishda,  ayni  korruptsiya  avj  olgan  sohalar  va  holatlar  tahlil

                etildi. Yig’ilishda bir qancha tahlil natijalari va ko’rsatkichlarini muhokama etib

                zarur  takliflarni  bildirdi.  Ayni  yig’ilishda  ko’tarilgan  masala  yuzasida  jahon

                miqyosidagi statistikaga e’tibor qaratildi. Korruptsiya  illati  jahon iqtisodiyotiga

                2,6  trillion  dollar  zarar  berganligi,  mamlakatimiz  ushbu  muammodan  holi
                emasligi ta’kidlandi. SHuningdek, yurtboshimiz sog’liqni saqlash, ta’lim, bank,


                bojxona, sud, prokuratura, ichki ishlar, kommunal xizmat sohalarida, fuqarolarni
                ishga  qabul  qilishda  korruptsiya  keng  tarqalganligi,  davlat  mulkini  talon-  taroj

                qilishning  avj  olgani,  tahlillarga  ko’ra  sog’liqni  soqlash  tizimida  20-30  foiz

                harajatlar  besamar  ishlatilganligini  ochiq  bayon  etdi.  Korruptsiyaning  oldini

                olishda  eng  samarali  yo’l  bu  davlat  organlari  faoliyati  va  ish  jarayonlarini

                shaffoflashtirish,  bunda  eng  asosiy  e’tiborni  ishga  olish,  davlat  xaridlari,

                ruhsatnoma  va  litsenziyalar  berish  kabi  jarayonlarda  ochiq-oshkoralikni

                ta’minlashga qaratish lozimligi aytildi.

                          Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, jamiyat va davlat har doim

                o’z  holicha  rivojlana  olmagan.  Albatta,  bunda  hamkorlik,  dahldorlik  hissi,

                vatanparvarlik  muhim  rol  o’ynaydi.  XXI  asr  texnika  asri  ekanligini  anglagan


                11
                   Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlar. -
                T.: "O’zbekiston" 1997 y. 89-bet.
                                                             15
   11   12   13   14   15   16   17   18   19   20   21