Page 14 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 14
kurash kuni sifatida qabul qilinib, O’zbekiston Respublikasi ham Birlashgan
Millatlar Tashkilotining teng a’zosi sifatida uni amaliyotga joriy qilib bormoqda.
Korruptsiyani tushunishda faylasuf Nikola Makiyavellining ishlari alohida
ahamiyatga ega. U korruptsiyani kasallikka, og’ir kasallik silga taqqoslaydi.
Boshlanishida uni aniqlash qiyin, lekin davolash oson ekanligini aytib, o’tkazib
yuborilgan dardni esa davolash murakkabligi va ayanchli oqibatlar, xatto o’limga
9
olib kelishini ta’kidlab, bu kabi illatdan saqlanish kerakligini uqtiradi .
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab korporatsiyalarning chet davlat oliy
mansabdor shaxslarini sotib olish ko’rinishlari paydo bo’la boshladi va keng
ravishda ommalashuvi oqibatida korruptsiya jahonda halqaro muammo sifatida
tan olindi. Globallashuv natijasida bir davlatdagi korruptsiya boshqa
davlatdalarning tizimini izdan chiqarishi va o’z ta’siri doirasiga tortishi o’z
isbotini topdi.
Bugunga kelib korruptsion harakatlar dunyo hamjamiyatini tashvishga
solayotgani sir emas. Bu borada O`zbekiston Prezidenti Sh.M Mirziyoyevning
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis va keng jamoatchilikka qilgan
Murojatnomasida “...korruptsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha
qatlamlari, eng yaxshi mutaxasislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha
a’zolari, ta’bir joiz bo’lsa, “halollik vaktsinasi” bilan emlanmas ekan, o’z
oldimizga qo’ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz. Biz korruptsiyaning
10
oqibatlari bilan kurashishda uning barvaqt oldini olishga o’tishimiz kerak ” -
deb uqtirilgani bejiz emas.
Korruptsiyaga qarshi murosasizlik tamoyili davlat mustaqilligining dastlabki
yillaridan boshlangan edi. Ya’ni, uning avj olishi pirovardida davlat suverinitetiga
daxl qilishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov
9
Макиавелли Н. Избраннойе произведенийе. - М.,1989.
10
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojatnomasi// Xalq so’zi. 2020 yil 25
yanvar, № 19son.
13

