Page 29 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 29

bajaradi.  Va  shu  yo’lda  xizmat  qilib  ijtimoiy,  jamoatchilik  nazorati  funktsiyasini

                                  15
                amalga oshiradi .
                       Jinoyatchilikning  uyushgan  korruptsiyaviy  tizimiga  qarshi  Frantsiya

                davlatida ham salmoqli ishlar amalga oshirilgan.  Korruptsiyani yo’qotish va unga

                barham  berish  choralari  XX  asrning  90-yillaridan  boshlanadi.  Frantsiyada

                birinchilardan bo’lib antikorruptsion harakatlarda asosiy e’tibor davlat apparatining

                yuqori martabali hodimlari daromadlari va mol-mulkiga qaratilgan. Antikorruptsion

                tashkilot  amaldorlarning  shaxsiy,  xususiy  mulki  haqidagi  deklaratsiyalarni  keng

                miqiyosda oshkor etilishini ta’minlaydi hamda shu kabi huquqiy- tashkiliy vaziflarni

                bajaradi.  Mamlakatdagi  mana  shunday  taftish  jarayonlarini  borishini  bevosita

                jamoatchilikka  yetkazib  berishning  o’ziga  xos  usullari  ishlab  chiqilgan.  Xususan,

                harakatlarning  ilk  natijasi  sifatida  ko’chalarda  yo’l  harakati  qoidasini    buzganlik

                uchun shu joyning o’zida jarima to’lash taqiqlanadi.

                        SHuningdek,  Finlandiya  hukumati  Hisob  palatasi  vakolatlarini  kengaytirib,
                korxonalarda  o’z  hodimlarini  korruptsiya  xavfidan  saqlash  uchun  ichki  audit  va


                nazorat  tadbirlari  o’tkazish  borasidagi  sa’y-harakatlarini  qo’llab-quvvatlash
                to’g’risida,  Adliya  vazirligi  qoshida  esa  “Korruptsiyaga  qarshi  kurash  markaziy

                xizmati”  tashkil  etish  to’g’risida  qarorlar  qabul  qilishga  erishgan.  Mana  shunday

                huquqiy  mexanizmni  yo’lga  qo’yish  orqali  sezilarli  natijani  qo’lga  kiritgan.

                Natijada,  hozirgi  kunda  jahonda  korruptsiya  darajasi  past  bo’lgan  mamlakatlar

                                     16
                qatoridan joy olgan .
                       Korruptsiyalashgan  tizimga  barham  berish  bo’yicha  yevropa  davlatlari

                orasida  Germaniyada  alohida  tajriba  shakllangan.  Davlat  idoralari  va  umuman

                jamiyatda  korruptsiyaga  moyilligi  kuchli  bo’lgan  sohalar  saralangan.  Belgilab

                olingan soha xizmatchilarining alohida ma’lumotlar ba’zasi yaratilgan va mamlakat



                15
                     Ismailov  B.I.  Institutsionalizatsiya  otvetstvennosti  yuridicheskix  lits  za  korruptsionnыe  prestupleniya  v
                postsovetskix  stranax.  //  Uchebnoye  posobiye.  -T.:  Akademiya  Generalnoy  prokuraturы  Respubliki  Uzbekistan,
                TSPKYU. 2018.- S .18-112.
                16  Ismailov B.I. Ko’rsatilgan  manba.-S.112.
                                                             28
   24   25   26   27   28   29   30   31   32   33   34