Page 24 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 24
yuqori daromadga ega bo’lganlar tabaqasining shakllanishi, ularning erkin
mablag’lari mansabdor shaxslarni sotib olish uchun ishlatilishi; uchinchidan,
samarali bozor raqobatining yo’qligi asossiz ravishda juda ko’p daromad olish
imkonini berishi; to’rtinchidan, davlat mansabdor shaxslari va xizmatchilari
maoshining kamligi sabab bo’lishi mumkin.
Korruptsiya jinoyatchiligining siyosiy sabablari va sharoitlari:
a) aholi aksariyat qismining hokimiyatdan, mulkni boshqarishdan, qonun ijodkorligi
va uni qo’llash amaliyotidan chetda ekanligi;
b) jinoiy guruhlar vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga kirib
qolganligi;
v) markaziy va mahalliy organlar hizmatchilari sonining asossiz ravishda haddan
tashqari ko’pligidir.
Korruptsiyaviy jinoyatchilikning tashkiliy xususiyatdagi sabablari va ularga
imkon berayotgan shart-sharoitlar:
1. Korruptsiyaga qarshi kurashga qaratilgan huquqiy normalarning ko’lamiga
nisbatan amaliyotning yangiligi;
2. Korruptsiyaviy huquqbuzarlikning ma’muriy va jinoyat statistikasining to’la va
ob’ektiv emasligi;
3. Respublika, viloyatlar miqyosida registrlar, ya’ni davlat xizmati yoki mahalliy
davlat organlarida ishlashi ta’qiqlangan shaxslar ro’yxatini yurituvchi
tashkilotlarning yo’qligi;
4. Korruptsiyaviy jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi mutaxassislarni
tayyorlashda o’quv-metodik ta’minot darajasining pastligi;
5. Nepotizm qarindosh-urug’, quda-andalarning hizmat doirasi bo’yicha bir-birini
qo’llab-quvvatlashi umumiy adolatni, tartibni buzib qarindoshlari va yaqinlariga
13
daromadli va foydali mansablarni taqdim etishidir .
13 Yurist axborotnomasi. –T.,2018 yil №3. –B. 15-21.
23

