Page 25 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 25

Korruptsiyaviy  jinoyatchilikning  psixologik  sabablari  ham  mavjud  bo’lib

                unda,  mamlakatimizda  davlat  xizmatidagilarning  pora  olishining  uzoq,  tarixiy

                an’analarga ega ekanligi, aholining huquqiy bilimi yuqori darajada emasligi, aholi

                aksariyat qismining davlat xizmatchilarini "sotib olish"iga ruhiy jihatdan tayyorligi,

                odamlar ongida korruptsiyaviy qilmishni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortilish

                havfi uncha katta emas, degan fikrning mavjudligidir.

                          Xalqaro  hamjamiyat  tomonidan  taklif  qilingan  korruptsiyaga  qarshi  ba’zi

                usullar mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi.

                     korruptsiyaga qarshi yordam so’ragan mamlakatlarga yordam berish;

                     korruptsiyaga qarshi xalqaro say-harakatlarni  qo’llab-quvvatlash;

                     donorlar tomonidan moliyalashtirilgan loyihalarda firibgarlik va korruptsiyaning

                                   14
                oldini olish istagi .
                            Xulosa  o’rnida  shu  aytish  mumkinki,  har  qanday  jinoyatni  u  qay

                ko’rinishda  bo’lishidan  qat’iy  nazar,  albatta  uni  keltirib  chiqaruvchi  sabablari  va
                omillari  mavjud  bo’ladi.  Bunda  asosiy  e’tibor  avvalo,  uning  ildizi  bo’lgan


                sabablarini bartaraf etish eng oqilona usuldir. Korruptsiya va u bilan bog’liq holatlar
                jinoyatchilikda jazo muqarrar bo’lgan jinoyat turi hisoblanib, uni  tag-tomiri bilan

                olib  tashlash  kerak  bo’ladi  va  chora  tabirlarni  kuchaytirishni  talab  etadi.  Vaqtida

                qo’llanilgan  oqilona siyosat albatta ma’lum darajada korruptsiya holatlarini bartaraf

                etishda kerakli darajada samara beradi hamda davlat va  jamiyat rivoji uchun hizmat

                qiladi.

                              MAVZU YUZASIDAN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR.

                1.  Korruptsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratuvchi omillar qanday?

                2.  Korruptsion  jinoyatlarni  keltirib  chiqaruvchi  omillar  va  ularni bartaraf  etishda

                qo’llaniladigan usullarni bilasizmi?





                14
                  www.corruption

                                                             24
   20   21   22   23   24   25   26   27   28   29   30