Page 76 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 76
Fuqarolik jamiyati atamasi hozirda jamiyatning muayyan shaklini, uning
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy jihatlarini, rivojlanish darajasini ifodalaydi.
O’zbekiston Respublikasida Korruptsiyaga qarshi kurashi to’g’risidagi
qonuninig 14- moddasida, fuqarolar o’zini-o’z boshqarish organlari, NTTlar va
fuqarolar, korruptsiyaga qarshi kurash sohasidagi davlat dasturlari va boshqa
dasturlarni qo’llab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi, aholining
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan
murosasiz munosabatlarni shakllantirishda, korruptsiyaga qarshi qonun
hujjatlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda hamda
65
ushbu hujjatlarni takomillashtirish bo’yicha takliflar berishi belgilab qo’yilgan .
Fuqarolik jamiyati ochiq ijtimoiy tuzulma bo’lib, u so’z erkinligi, tanqid qilish
erkinligi, turli axborotlar olish, ta’lim texnologiyalarini almashinuvi, chet davlatlar
va jamoat tashkilotlari bilan madaniy va ilmiy hamkorlik, halqaro huquq printsiplari
va normalariga muvofiq xalqaro xorijiy birlashmalar faoliyatiga ko’maklashashdir.
Fuqarolik jamiyati hokimiyatni o’zaro tenglik va adolat, shaxs erkinligi va
xalq farovonligi haqidagi g’oyalarni siyosiy ustunligi, qonun va ijroning birligi,
jinoyatga jazoning muqarrarligi, davlat hokimiyatining turli tarmoqlaridagi
faoliyatlarining jamoatchilik nazoratiga yoki ijtimoiy sheriklik natijasida teng
hamkorlikka asoslangan tuzilmalarga taqsimlash orqali amaliyotga qo’llanilib
boriladi.
Fuqarolik jamiyatining xavfsizligining ba’zi jihatlari mavjud bo’lib, ularga,
ijtimoiy adolat, davlat bilan o’zaro munosabatlarda fuqarolarning huquqlari,
qonuniylik tartibi, fuqarolarning iqtisodiy farovonligi, demokratik plyuralizm,
davlat idoralarining ochiqligi, jinoyatchilik va korruptsiyaning yo’qligidir.
Biz uchun fuqarolik jamiyati –ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor
bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol toptirishga monelik qilmaydi, aksincha,
yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to’la darajada
65
O’zbekiston Respublikasining Korruptsiyaga qarshi kurash to’g’risidagi Qonuni. -T., 2017 y, O’RQ-419 son.
75

