Page 77 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 77
ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi. Ayni vaqtda odamlarning huquq va
erkinliklari kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo’ysunish
66
bir vaqtning o’zida amal qiladi, bir-birini to’ldiradi va bir-birini taqozo etadi .
Darhaqiqat, fuqarolik jamiyatiga xos bo’lgan xususiyatlarni anglab yetish uchun bir
necha yil sarf etilgan bo’lsada, ayni kunda inson omilini anglab yetdik.
O’zbekiston Respublikasining asosiy qonunida O’zbekistonda fuqarolik
jamiyatining eng asosiy qoidalari aks etgan bo’lib, davlat organlari va mansabdor
shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’ulligi, xalq davlat hakimiyatining birdan
bir manbai ekanligi, O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy intitutlar,
mafkuralar va fikrlarning xilma–xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura
davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emasligi kabi muhim qoidalar
67
kiritilgan .
Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy adolat muqarrar jarayon bo`lib, ushbu
bosqichda aslo korruptsiya va u bilan bog’liq jinoyatlarga o’rin qolmaydi.
O’zbekistondagi jamoatchilik nazorati va ijtimioy sheriklik tizimlari mamlakat
fuqarolariga noqonuniy hatti-harakatlariga aslo izn bermaydi. Qonun ustivor
jamiyatda esa, u hoh rahbar yoki yirik mulk egasi bo’lishidan qat’iy nazar barcha
uchun teng bo’lgan qonun oldida javobgardir. Zero, qonun va qonun utvorligi
bo’lmagan joyda, uning o’rnini korruptsiya egallaydi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida, hokimiyat yoki mansab
vakolatini suiis’temol qilish(205-modda), hokimiyat yoki mansab vakolati
dorasidan chetga chiqish(206-modda), hokimiyat harakatsizligi(208-modda),
mansab sohtakorligi(209-modda)da davlat idoralarida hizmat lavozimini suiis’temol
qilishga doir jinoyatlarga nisbatan javobgarlikning muqarrarligi belgilangan.
Xususan,O’zbekiston Respublikasi Kodeksda davlat idoralarida pora olish, pora
berish hamda ushbu ishlarda vositachilik qilish kabi hatti-harakatlar jinoyatning bir
66 Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari.- T.: "O’zbekiston" 1997 y.
67 O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasi.- T.: O’zbekiston, 2017 y
76

