Page 78 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 78

turi sifatida qaraladi va qonunga binoan jazolanadi. Mamlakat qonunchiligida pora

                olish deb, davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o’zini-o’zi

                boshqarish organi mansabdor shaxsining o’z xizmat mavqeyidan foydalangan holda

                sodir  etishi  lozim  yoki  mumkin  bo’lgan  muayyan  harakatni  pora  berayotgan

                shaxsning  manfaatlarni  ko’zlab  bajarishi  yoki  bajarmasligi  evaziga  shaxsan  o’zi

                yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi

                                                                68
                yoki mulkiy manfaatdor bo’lishi tushuniladi .
                        O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksidagi korruptsiya bilan bog’liq

                   jinoyatlar toifasiga quyidagilar kiradi:

                   167-modda (o’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish);

                   168-modda (firibgarlik);

                   192/9-modda (tijoratda pora evaziga og’dirib olish);

                   192/10-modda (nodavlat-tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining

                   xizmatchisini pora evaziga og’dirib olish) ni iqtisodiyot sohasidagi korruptsiyaga
                   oid jinoyatlar;


                   205-modda (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish);
                   206-modda (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish);

                   208-modda (hokimiyat harakatsizligi);

                   209-modda (mansab soxtakorligi);

                   210-modda (pora olish);

                   211-modda (pora berish);

                   212-modda (pora olish-berishda vositachilik qilish)ni boshqaruv tartibiga qarshi

                   korruptsiyaga oid jinoyatlar;

                   236-modda (tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish);

                   238-modda (yolg’on guvohlik berish);

                   241-modda  (jinoyat  haqida  xabar  bermaslik  yoki  uni  yashirish)  kabilarni  odil

                   sudlovga qarshi korruptsiyaga oid jinoyatlar;

                68  O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi// lex.uz
                                                             77
   73   74   75   76   77   78   79   80   81   82   83