Page 81 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 81

3.4  KASB ETIKASINING MUSTAHKAMLANISH ZARURIYATI.



                       Zamonaviy jamiyatda har bir tashkilotning yutuqlari to’g’ridan-to’g’ri uning

                qo’lga kiritgan nufuzi va imidji bilan bog’liq jarayon shaklida namoyon bo`ladi. Bu

                esa, o’z navbatida, davlat yoki nodavlat tashkilotlari xodimlarining kasbiy etikasiga

                bo’lgan talablarni kuchaytiradi. Kasb etikasi negizida birinchi navbatda, hamkasblar

                va  mijozlar  bilan  munosabatlarning  barqarorligi  muhimdir.  Xizmat  etikasi

                avvalambor  aholi,  odamlarning  ehtiyoji  yechimini  ta’minlaydigan  kasblar  bilan

                bog’liqdir. Ayrim kasb egalari aholi bilan doimiy yoki uzluksiz aloqada bo’ladi va

                shuning uchun ularning o’ziga xos kasb etikasi kodekslari yoki  qoidalari belgilab

                beriladi.  Masalan,  o’qituvchi  etikasi,  shifokorlar  etikasi,  sudyalar  etikasi  kabi  bir

                qancha  kasb  egalarining xizmat  vazifalariga  nisbatan  belgilangan qoidalar  shunga

                misol  bo’ladi.  Ilmiy  atamada  etika  ahloq  ma’nosida  keladi.  SHu  o’rinda  ahloq

                tushunchasiga biroz to’xtalib o’tmoqchimiz.
                        «Ahloq» so’zi aslida arabcha so’z bo’lib, u hulq-atvor, yurish-turish, tarbiya


                degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning ahloqiy yoki
                ma’naviy  hayotida  yuz  beradigan  barcha  jarayonlarning  majmuini  aks  ettiradi.

                Ahloqiy  madaniyat  kasbiy  odobda  ham  yaqqol  ko’zga  tashlanadi.  CHunki  inson

                voyaga  yetib,  bir  kasbning  egasi  bo`lgach,  o’z  kasbi  doirasida  odamlar  bilan

                muntazam muloqotda bo’ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasblar davrasida

                ro’y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb  talabiga binoan  uchrashadigan turli  toifadagi

                odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob ahloqiy madaniyatning eng

                yuksak shakllaridan biridir. Uning jamiyat ma’naviy hayotidagi o’rni yuksak.

                       1948  yil  10  dekabrda  BMT  tomonidan  qabul  qilingan  Inson  huquqlari

                umumjahon  deklaratsiyasida  butun  dunyo  halqlariga  axloqiy  talablar,  qadriyatlar,









                                                             80
   76   77   78   79   80   81   82   83   84   85   86