Page 56 - РЕЛЕ ҲИМОЯСИ БЎЙИЧА УМУМИЙ ТУШУНЧАЛАР
P. 56
faoliyatiga asosan texnogen ta’sirlar, ya’ni texnika bilan bog‘lik bo‘lgan ta’sirlar
kuzatilib, bular xavfli ishlab chikarish omillari sifatida qaraladi.
Xavfli ishlab chiqarish omillari (XIO) - bu shunday ishlab chiqarish
omillari xisoblanadiki, bunda ma’lum bir sharoitlarda ushbu omillar ta’sirida
ishchilarga jaroxat etkazilishi yoki ularning sog‘ligining keskin tarzda buzilishiga
olib kelishi mumkin.
Jaroxat - bu odam organizmi tuqimalarining buzilishi va uning tashqi
ta’sirlar natijasida funksiyasining izdan chiqishi xisoblanadi. Jaroxat ishlab
chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz xodisa natijasida yuz berib, bunda xavfli
ishlab chiqarish omillarining ishchilarning o‘z mehnat burchini bajarishi yoki ish
raxbarining topshirigini bajarishi davomida amalga oshishi mumkin.
Zararli ishlab chiqarish omillari (ZIO) - ma’lum bir sharoitlarda
ishchilarning mexnat qobiliyati susayishi yoki sog‘ligi yomonlashishiga olib uvchi
ishlab chiqarish omillari xisoblanadi. Zararli ishlab chiqarish ishlari ta’sirida
yuzaga keluvchi kasalliklar - kasbiy kasalliklar deb ataladi.
Xavfli ishlab chikarish omillariga masalan, kuyidagilarni kiritish mumkin:
ma’lum bir aniq kuchlanishga ega bo‘lgan elektr toki;
qoyasimon chiqiib turuvchi jismlar;
ishchilarning balandlikdan kulab tushishlari yoki biror predmet va
uning qismlariningtushib ketishi;
atmosfera bosimidan yuqori bo‘lgan bosim ostida ishlovchi
qurilmalar;
Zararli ishlab chiqarish omillariga esa quyidagilarni kiritish mumkin:
• noqulay meteorologik (ob-xavo) sharoitlari;
• xavo muxitining changlar va gazlarga egaligi;
• shovqin, infra va ultratovushlar, tebranishlar;
• elektromagnit maydon, lazer va ionlashtiruvchi nurlanishlar va
boshqalarning mavjudligi kabilar.
Barcha xavfli va zararli ishlab chikarish omillari GOST 12.0.003-74
muvofiq tarzda fizik kimyoviy, biologik va ruhiy - fiziologik turlarga bo‘linadi.
58

