Page 21 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 21

Mazkur  sabablar umumiylik kasb ermaydi va  turli davlatlarda turlicha farqlar

                bilan namoyon b`ladi. Jahon tajribasida korruptsiyani oldini olish maqsadida uning

                sabablari o’rganilgan va aynan sabablarni yo’qotish orqali ijobiy natijaga erishilgan.

                Masalan, Osiyoda yirik iqtisodiy salohiyatga erishgan mamlakatlardan biri Singapur

                davlati  korruptsiyaga  qarshi  kurashda  qisqa  muddatlarda  katta  ijobiy  natijalarga

                erishishga muyassar bo’lgan. Korruptsiya va u bilan bog’liq amaliyotlarni hozirgi

                kunda bir nechta turlari mavjud. Ularga quyidagilarni  kiritishimiz mumkin.

                    Maishiy  korruptsiya  -  asosan  mansabdor  shaxslar  va  davlat  xizmatchilarining

                    kundalik  ish  faoliyatida  fuqarolar bilan munosabatlarida namoyon bo`ladi.


                    Ishbilarmonlik  korruptsiyasi  -  hokimiyat  vakillarining  tadbirkorlik  sub’ektlari

                    bilan munosabatlarida uchraydi.


                    Oliy xokimiyat organlari korruptsiyasi - siyosiy  hukmron doiralar hamda odil

                    sudlov tizimi faoliyatida uchraydigan korruptsiya turlaridir.


                       Ularning mavjudligi davlat xokimiyati organlarida jiddiy oqibatlarni keltirib

                chiqaradi.  Maishiy  va  ishbilarmonlik  korruptsiyasi  nisbatan  kam  ko’rsatkichli
                jarayon  bo’lsada,  oliy  xokimiyat  organlarning  o’z  lavozim  vakolatlaridan  chiqib,


                jinoyatga qo’l urishi mamlakatga hiyonat darajasida   baholanadi.

                        Korruptsiyaviy jinoyatlar kelib chiqishining bir necha omillari bo’lib,  ular

                davlat  yoki  xalqning  tarixiy  shart-sharoitlari,  madaniyati,  dini  hamda  milliy

                xususiyati orqali shakllanadi. Ular quyidagi ko’rinishda namoyon bo’ladi:


                  antropologik omillar, bunda insonning ziddiyatli tabiati, ezgulik va yovuzlikning

                   doimiy kurashi, insonning kam kuch sarflab ko’proq foyda olishga  intilishi;


                  iqtisodiy  omillar,  bunda  tadbirkorlik  faoliyatining  yuqori  darajadagi  xarajatlari

                   (“qonunga  bo’ysunish  bahosi”),  bozor  xo’jaligi  doirasidagi  raqobat,

                   iqtisodiyotning turli sektorlarining notekis rivojlanishi;



                                                             20
   16   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26