Page 22 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 22

  ijtimoiy omillar, bunda jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuvi, “xavfli guruhlar” ning

                   mavjudligi,  mehnat  qonunchiligining  buzilishi,  muhojir    ishchilar,  ayollar  va

                   o’smirlar  mehnatidan  foydalanishda  ijtimoiy  adolat  printsiplariga  rioya

                   etilmasligi kabilar;


                  huquqiy  omillar,  bunda  tadbirkorlikning  huquqiy  asosi  nomukammalligi,  bozor

                   xo’jaligining o’zgarib boruvchi shart-sharoitlari bilan mavjud qonunchilik bazasi

                   o’rtasida ziddiyat mavjudligi, uy xo’jaligining tartibga solinmasligi;


                  ahloqiy  omillar,  bunda  qonunchilik  hamda  tadbirkorlikning  ahloqiy  asoslari

                   o’rtasidagi ziddiyatlar, davlat va jamiyat, davlat va individ manfaatlari o’rtasidagi

                   ziddiyatlar,  milliy an’analarning hisobga olinmasligi, diniy qoidalarning ta’siri,


                  siyosiy omillar, bunda hokimiyat va yirik kapital o’rtasidagi o’zaro munosabatlar,
                   oligarxiyaning  shakllanishi,  hokimiyat  kuchi  hamda  iqtisodiy  faoliyatga  ta’sir

                   ko’rsatishning  kuchga  asoslangan  usullari  o’rtasidagi  nisbat  kabi  omillar  sabab

                   bo’lmoqda.


                             Korruptsiyani  paydo  qiluvi  omillar  darajasini  G.Bekker  tomonidan  ishlab

                chiqilgan  jinoiy  faoliyatni  taxlil  qilish  uchun  mo’ljallangan  universal  apparatdan

                foydalangan holda  hisoblash mumkin.  Bunda mas’ul  xodim pora qabul qilganida,

                uning qiymatiga nisbatan sub’ektiv baho beradi:

                S-poradan olingan nafning sub’ektiv bahosi;

                P-jazolanish ehtimolining sub’ektiv bahosi;

                D-jazolanishdan yo’qotadiganlarining  sub’ektiv  bahosi.

                Poradan (ER) kutiladigan sof foyda quyidagiga teng bo’ladi:

                ER=(1-p)S+p(S-D)=S-pD

                           Agarda ushbu qiymat ijobiy chiqsa, pora olish yo’li tanlanadi, agarda salbiy
                                                      12
                bo’lsa-qonuniy  faoliyat  tanlanadi .  Ushbu  formulada  korruptsiyaning  iqtisodiy  –



                12
                  Besker G.S. Grime and  punishment an esonomis approach. Jurnal of Politisal esonomy. vol, 76, n.2. 1998
                                                             21
   17   18   19   20   21   22   23   24   25   26   27