Page 19 - JAHONDA KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASH TAJRIBASI
P. 19
talon-taroj qilishga qadar borib yetmoqda. Oqibatda davlatga, xalqqa tegishli
bo’lgan millionlab mablag’lar, boyliklar nopok yo’llar bilan o’zlashtirilib, mamlakat
rivojiga jiddiy zarar yetkazayotgani ayanchli holat albatta.
Dunyo tajribasiga tayanib korruptsiyaning sabablarini turli darajada baholash
mumkin. Mazkur sabablarni avvalo, mamlakatning taraqqiyot darajasi, xalqning
mentaliteti, boshqaruv organlari faoliyatiga qarab baholash zarur. Boisi ko’plab
halqlarda o’ziga xos bo’lgan tafakkur, ma’naviyat, psixologiya hamda turlicha
rivojlanish darajasidagi mental harakterga ega ekanlik, ularning korruptsiyaga
bo’lgan munosabatlariga ham ta’sir etishi tabiiy holatdir. Demak, korruptsiyaga yo’l
qo’yish darajasi bu millatning psixologiyasi, an’analari, o’zaro munosabatlariga
ko’proq bog’liq. SHunday bo’lsada, korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha dunyo
halqlari, davlatlari, mintaqalar darajasida tadqiqotlar olib borilmoqda hamda
korruptsiya harakatlarining bir qancha turi, ko’rinishlari mavjud.
Avvalo, sub’ekt (harakatga sababchi)larning maqomiga ko’ra:
hokimiyat organlaridagi korruptsiya;
xususiy sektordagi korruptsiya
siyosatdagi korruptsiya yoki siyosiy korruptsiya doirasida yuz berishi
mumkin.
Korruptsion holatlarning bog’liqlik darajasi va ko’lamiga ko’ra:
quyi darajadagi korruptsiya;
yuqori darajadagi korruptsiya;
vertikal korruptsiya ko’rinishida bo’ladi.
Uning o’zgalarga ta’siri va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra:
korruptsiya-qilmish;
korruptsiya-jinoyat deb baholash mumkin.
Faoliyat ko’rsatish darajalariga ko’ra quyi va yuqori darajadagi yoki vertikal
korruptsiya farqlanadi. Quyi darajadagi korruptsiya -hokimiyat va boshqaruv
organlarining o’rta va yuqori darajaga nisbatan keng tarqalgan; amaldorlar va
18

